Millatchilikning ta’rifi
Nationalism Defined
Millatchilik tushunchasini insonlarning jamiyatda bir-birini qanday aniqlashi va bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘lishini o‘rganmasdan turib tushunib bo‘lmaydi. Bu tadqiqot turli shakldagi guruhlanishlar va millatchilik o‘rtasidagi farqni ajratish imkonini beradi.
The concept of nationalism cannot be understood without studying the way humans identify and relate to each other in society. This study will enable a differentiation to be made between various forms of grouping and nationalism.
Insonlar quyidagilar asosida o‘zini aniqlashi yoki birlashishi mumkin:
Human beings can identify or group together on the basis of:
• Muayyan yurtga yoki mamlakatga bo‘lgan muhabbat - vatanparvarlik • Qabila, nasl yoki irq - millatchilik • Din - ruhiy aloqa • Muayyan masala - manfaatdorlik aloqasi • E’tiqod - mafkuraviy aloqa Vatanparvarlik odamlar mamlakatga bo‘lgan muhabbat tufayli birlashganda paydo bo‘ladi. Bu birdamlikning shakli bo‘lib, o‘sha mamlakat tashqi tahdid ostida bo‘lganda, masalan boshqa xalqlar bilan harbiy to‘qnashuvlar paytida yuzaga keladi. Bu aloqaning ta’siri natijasida turli kelib chiqishga ega odamlar o‘z farqlarini chetga surib, hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy front tuzadi. Vatanparvarlikning klassik namunasi Argentinaning Folklend orollariga bostirib kirishi paytida kuzatilgan. Birlashgan Qirollikdagi jamoatchilik fikri ommaviy axborot vositalari orqali Argentinaga qarshi safarbar etildi va bunda barcha ranglardagi siyosiy partiyalar birlashdi. Xabar sodda edi: “Biz qirolicha va mamlakat uchun kurashyapmiz.” Vatanparvarlikka asoslangan bu birdamlik Folklend orollari Argentinadan qaytarib olingach, tez orada yo‘qoldi.