6. Payg‘ambarning jismoniy mo‘jizalari
6. The Prophet’s Physical Miracles
Musulmonlar Payg‘ambar Muhammad ﷺ ning da’vatini ajoyib axloqiy yaxlitlikka ega bo‘lgan bir avlod guvohlik bergan va naql qilgan jismoniy mo‘jizalar qo‘llab-quvvatlagan, deb ishonadilar. Ushbu bobda, avvalo, mo‘jizalarning foydasi, ehtimolligi va isbotlanuvchanligi baholangandan so‘ng, eng ishonchli tarzda rivoyat qilingan ba’zi mo‘jizalar keltiriladi.
Muslims believe that the Prophet Muhammad’s صلى الله عليه وسلم ministry was supported by physical miracles that were witnessed and reported by a generation of superb moral integrity. This chapter will feature some of the most authentically transmitted miracles, after assessing the utility, plausibility, and provability of miracles in the first place.
Qur’on Payg‘ambarimiz ﷺ ning eng buyuk mo‘jizasi bo‘lib, o‘z-o‘zidan yetarli mo‘jiza ekani shubhasiz bo‘lsa-da, bu Alloh taolo unga Qur’on bilan birga boshqa ko‘plab mo‘jizaviy alomatlar ham berganini inkor etmaydi.345
While the Qur’an is the Prophet’s صلى الله عليه وسلم greatest miracle, and certainly sufficient on its own as a miracle, this does not negate that God gave him many other miraculous signs along with it.345