58. Elchi (ﷺ) ishining yo'nalishini (sifatini) bilish usullari
58. The Ways By Which The Direction (quality) Of The Action Of The Messenger Can Be Known
Chunki Payg'ambar (SAW)ga ergashish vojibligi isbotlangan ekan va ergashishning sharti Uning qilgan ishiga o'xshash ishni bajarish ekan, unda Uning ishining yo'nalishi (sifati)ni bilish amalni davom ettirishning shartlaridan biridir. Shuning uchun Uning ishi qanday sifatda bajarilganini, ya'ni vojib, mandub yoki mubohligini bilish mumkin bo'lgan yo'llarni bilish zarurdir, toki amal Uning uni bajargan sifatiga muvofiq bajarilsin. Agar Uning ishi oldingi xitobga bayon (tushuntirish) bo'lmasa, ravshanki, ish sifatini o'sha ishning o'zini bilish orqali bilinadi: agar u bajarish orqali (Allohga) yaqinlashish mumkin bo'lgan ishlardan bo'lsa, u mandubdir; agar bajarish orqali yaqinlashish mumkin bo'lmagan ishlardan bo'lsa, u mubohdir. Agar Uning ishi oldingi xitobga bayon bo'lsa, u vojiblik (vujub), afzallik (nadb) yoki ruxsat (ibohat) bilan chegaralanadi. Shunday qilib, Uning ishining (yo'nalish) sifatini bilishning to'rt yo'li bor: 1- Uchalasini (yo'nalishlarni) o'z ichiga olgan yo'l. 2- Vojibni bilish yo'li.